Foto: «Medialeaks.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlarda rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga munosib e’tibor berishga chaqirdi, chunki «bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas».
Payshanba kuni Rossiya hukumati yig‘ilishida Putin Rossiya universitetlarida chet eldagi iqtidorli yoshlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, MDHdagi hamkorlar bilan birgalikdagi ishlar juda muhim ekanligini urg‘uladi. Bu mamlakatlarda rus tilini rivojlantirishga, rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga yetarlicha e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
Prezident Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri Sergey Kravsovdan ushbu sohada qo‘shimcha takliflar kiritishni so‘ragan.
«Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas. To‘g‘ri, bu borada ishlayapmiz, lekin takror aytaman, bugungi ishimizdan ko‘ra ko‘proq narsani bajarishimiz mumkin va shunday qilish zarur», — dedi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi