08:00 / 02.06.2021
2 535

Ramzan Qodirov Rossiya hududlari bo‘yicha 2020-yilning eng boy rahbari bo‘lib chiqdi


Foto: “Grozniy” telekanali
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Rossiya tarkibiga kiruvchi hududlarning 2020-yilgi eng boy rahbarlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadi birinchi o‘ntalikdagi boshqa barcha rahbarlarning umumiy daromadlaridan ko‘p, deb yozadi Meduza.

Qodirov 1-may kuni o‘z daromadlari to‘g‘risida hisobot bergan edi. Checheniston rahbari 2020-yilda 381,1 million rubl (5,1 million dollar) ishlab topganini e’lon qildi; deklaratsiyada daromad manbalari ko‘rsatilmagan. OAV ta’kidlashicha, reytingda ikkinchidan to‘qqizinchi o‘ringacha turgan barcha rahbarlar jami 378 million rubl, ya’ni Qodirovdan uch million rubl kam daromadga ega.

Mintaqaning 2020-yilgi eng boy rahbarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rin Mariy El Respublikasi rahbari Aleksandr Yevstifeyevga (84,7 million. rubl = 1,1 million dollar), uchinchi o‘rin Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovga (79,8 million rubl = 1 million dollar) nasib qilgan.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, Lipetsk viloyati rahbari Igor Artamonov (69,2 million rubl = 941,4 ming dollar) va Krasnoyarsk o‘lkasi boshlig‘i Aleksandr Uss (30,1 million rubl = 409,5 ming dollar) joy olgan. Barcha mintaqalar rahbarlari orasida eng past daromad Qalmog‘iston rahbari Batu Xasikov tomonidan e’lon qilingan. Uning deklaratsiyasiga ko‘ra, 2020-yilda Xasikov 1,2 million rubl (16,3 ming dollar) daromad olgan.

Qodirovning daromadi ketma-ket uchinchi yil sezilarli darajada o‘sib bormoqda: 2019-yil oxirida u 148,0 million rubl (2 million dollar) daromadi borligini ma’lum qildi, 2018-yil oxirida esa atigi 7,6 million rubl (103,4 ming dolar) boylikka egalik qilardi.

Aprel oyida “Proyekt” nashri Qodirovning ikkinchi rafiqasi borligi hamda u Grozniydagi saroy va Moskvadagi bir nechta elita kvartiralarning egasi ekani to‘g‘risida surishtiruv e’lon qildi. “Proyekt” yozishicha, Qodirovning ikki rafiqasi nomiga ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chmas mulkning umumiy qiymati 800 million rublni (10,8 million dollar) tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Rossiya hududlari bo‘yicha 2020-yilning eng boy rahbari bo‘lib chiqdi