Qora dengiz sohilidagi Turkiyaning bir necha viloyatida 3 iyun, payshanba kuni qor yog‘di. Bu provinsiyalarda kuchli yomg‘ir sabab suv toshqinlari ham kuzatilgan.
«Kecha ob-havo chiroyli edi. Ertalab uyg‘onganimizda hammayoq qor bilan qoplanganini ko‘rdik. Bu qish emas, balki yoz, iyun oyi!» – deydi Rize viloyatining Kavrun Yaylasi qishlog‘ida yashovchi fuqarolardan biri TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida.
Qor yog‘ishi asosan Qora dengizning Ardaxon, Rize, Bolu viloyatlaridagi bir qator baland tog‘li qishloqlarda kuzatilgan. Hatto mamlakat markazidagi Kayseri viloyatida joylashgan mashhur tog‘ chang‘i kurorti ham qor bilan qoplangan.
Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Bursa shahri yaqinidagi Olimp tog‘ida ham 5 santimetrlik qor yog‘gan. Ma’lum qilinishicha, bu hududda o‘tgan hafta davomida harorat 30 gradusdan yuqori bo‘lgan edi.
Turkiyaning Meteorologiya Bosh boshqarmasi butun Qora dengiz sohilida yashovchi fuqarolarni kuchli yomg‘irdan ogohlantirib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi