12:25 / 09.06.2021
1 787

Pavel Durovning dastxati 20 mln rubl qiymatida sotuvga qo‘yildi


Skrinshot: «Yula»
2014 yilda Telegram asoschisi Pavel Durov otasining kitobiga o‘z dastxatini qo‘yib, tanishiga sovg‘a qilgan edi. Endi esa ushbu kitob onlayn savdo maydonchasi orqali sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

«Yula» platformasida «VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durovning dastxati 20 million rublga (275 ming dollar) sotilayotgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘lgan.

Dastxat Pavel Durovning otasi Valeriy Durovning qalamiga mansub «Yuliy Sezar inson va yozuvchi» kitobiga tushirilgan.

E’lon muallifi bo‘lgan Vladimir ismli shaxsning so‘zlariga ko‘ra, kitobni unga shaxsan Pavel Durov sovg‘a qilgan. U kitobni sotishdan maqsadi nima ekanini oshkor etmagan, biroq pullarni «bolalarni zamonaviy xavf-xatarlardan ogoh bo‘lishga» yo‘naltirishni va’da qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pavel Durovning dastxati 20 mln rubl qiymatida sotuvga qo‘yildi