09:00 / 10.06.2021
1 875

Jirinovskiy Makronga shapaloq tushirgan erkakni 10 yilga qamashga chaqirdi


LDPR fraksiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy, erkak tomonidan shapaloq tushirilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hodisasiga izoh berar ekan, "yaramas uchun eng jiddiy chora ko‘rilishiga" umid qilishini aytdi.

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron seshanba kuni Drom departamentiga tashrifi chog‘ida omma orasida bo‘lgan bir erkakdan tarsaki yedi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Fransiya Respublikasi rahbari Ten-l'Ermitaj kommunasida litseyda bo‘lgach uni to‘siq ortida kutib turganlar tomon yuradi.

Odamlar orasida turgan erkaklardan biri Makronga tarsaki tushiradi. Holatga shu zahoti qo‘riqchilar aralashdi, tajovuzkorlik namoyish etgan erkakning qo‘li qayrildi. Hodisa natijasida ikki shaxs qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlarning ikkinchisi yuz bergan hodisani videoga olayotgan bo‘lgan.

"Biz Fransiya prezidentiga qo‘l ko‘tarishga jazm etgan bezorining harakatlaridan qattiq g‘azabdamiz. Davlat rahbari lavozimi muqaddas – u mamlakat ramzidir. Shu bois, prezidentga berilgan har qanday zarba yoki haqorat – bu butun Fransiyaga berilgan zarbaga teng. Bu yaramas uchun eng jiddiy jazo qo‘llaniladi va unga 10 yil qamoq jazosi beriladi, deya umid qilamiz", - deb yozgan Jirinovskiy o‘zining Telegram-kanalida.

LDPR rahbari bu noto‘g‘ri harakat ekanligini va dunyoning har qanday davlatida bunday holatning oldini olish lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy Makronga shapaloq tushirgan erkakni 10 yilga qamashga chaqirdi