10:40 / 13.06.2021
2 039

Saudiya Arabistoni bu yil ham Haj safari uchun chet ellik ziyoratchilarni qabul qilmaydi


Foto: Anadolu agentligi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli faqat qirollikda istiqomat qiluvchi ko‘pi bilan 60 ming kishiga haj ziyoratini amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari vazirligi ma’lum qilishicha, islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.

Qirollik chet ellik ziyoratchilarni xuddi o‘tgan yildagi kabi qabul qilmaydi. Bu yil Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshirish uchun ruxsat bermoqchi ekani, ammo ular koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun maxsus shartlarga amal qilgan holda o‘tkazilishi xabar qilingan edi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonida 30 maydan boshlab qirollik hududiga kirishga qo‘yilgan taqiq 11 ta xorij mamlakati fuqarolari uchun olib tashlandi.

Saudiya Arabistoni 2020 yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergan edi. Va o‘sha oy o‘rtalarida mamlakat hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat berdi.

O‘tgan yil noyabridan Saudiya Arabistoni asta-sekinlik bilan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni bu yil ham Haj safari uchun chet ellik ziyoratchilarni qabul qilmaydi