10:50 / 14.06.2021
2 162

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu avtobuslari Bishkek ko‘chalarida qatnay boshladi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslarining birinchi partiyasi Qirg‘iziston poytaxtiga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi online».

Bishkek shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baktibek Kudaybergenov Qirg‘izistonning «Kabar» davlat axborot agentligiga O‘zbekistondan shu kunlari jami 50 ta avtobus olib kelinishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

«Hozir O‘zbekiston ishlab chiqarilgan Isuzu rusumidagi 21 ta avtobus olib kelindi. Qolgan 29 ta avtobus bir hafta davomida keltiriladi. Bu avtobuslar poytaxt tadbirkorlari tomonidan olib kelinmoqda. Loyiha Qirg‘iziston investitsiya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilganini ta’kidlashni istardim», —  degan u va bu avtobuslar juda qulay hamda zamonaviy ekanini bildirgan.

«Avtobuslar poytaxt markaziga xizmat ko‘rsatadigan yo‘nalishlarga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa shaharning markaziy ko‘chalaridagi qatnovlarda yengillik yaratiladi», — degan Bishkek hokimi vazifasini bajaruvchi.

Bishkek hokimligi saytida qayd etilishicha, O‘zbekistondan Bishkekka 350 ta Isuzu avtobusi olib kelinadi. Bu haqda 11 may kuni Bishkek hokimligi va yetkazib beruvchi kompaniya — «Eko-passajirskiye perevozki» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu avtobuslari Bishkek ko‘chalarida qatnay boshladi