08:35 / 19.06.2021
3 851

Xitoyda 10 qavatli bino 29 soat ichida qurib bitkazildi (video)


New Atlas nashrining xabar berishicha, uy Living Building deb nomlangan yig‘iluvchi konstruksiyalar tizimi yordamida qurilgan.
Ushbu tizimning o‘ziga xosligi shundan iboratki, undagi har bir modul transport konteyneri kabi o‘lchamga ega. Buning evaziga ushbu modulni dunyoning istalgan burchagiga yetkazish mumkin.  

Modul zanglamas po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, unda izolyatsiya, elektr simlari, shamollatish tizimi, oynalar o‘rnatilgan. Binoni yig‘ish uchun bir necha quruvchi va uchta kran talab etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 10 qavatli bino 29 soat ichida qurib bitkazildi (video)