Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va mehnat muhojirlari uchun pullik asosda COVID-19 ga qarshi emlashni amalga oshirishni buyurdi. Davlat rahbari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yakunlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi, deb xabar beradi TASS 27 iyun, yakshanba kuni.
Qayd etilishicha, 30 iyungacha Putin mamlakatda chet elliklar uchun koronavirusga qarshi pullik emlashni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash hamda 15 iyulga qadar esa mehnat muhojirlarini emlash kampaniyasini tashkil etish to‘g‘risida hisobotni kutmoqda.
15 iyun kuni Vladimir Putin muhojirlarning Rossiya Federatsiyasi hududida sanksiyalarisiz vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishni ma’qulladi.
Imzolangan farmonga binoan, qonunbuzarliklar bo‘lmasligi sharti bilan chet elliklar 30 sentabrga qadar chiqarib yuborilmaydi. Qamoqdan ozod qilingan shaxslar, Rossiya davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar, shuningdek milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar bundan mustasno. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!