Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi 8 iyul kuni to‘rt nafar qirg‘iz chegarachisi chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar bermoqda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, voqea So‘g‘d viloyatining Devashtich tumanidagi Rosrovut hududida sodir bo‘lgan. Otishma natijasida ikki nafar qirg‘izistonlik harbiy jarohatlangan.
«Qirg‘iz harbiylari aralash – fuqaro va harbiy libosda hamda o‘tochar qurol bilan qurollangan bo‘lgan. Ular 9 bosh otni Devashtich tumanidan Qirg‘iziston hududiga olib o‘tishga uringan», - deyiladi qo‘mita bayonotida.
Qayd etilishicha, qirg‘izistonlik chegarachilar to‘xtash to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunmagan va tojik chegarachilariga qarata o‘q uzgan. Javob tariqasida uzilgan o‘qdan ikki nafar qirg‘iz chegarachisi jarohatlangan.
Ikki mamlakat tegishli organlari voqea joyiga yetib kelgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarida yashovchi aholi o‘rtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketgandi. To‘qnashuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.
5 iyun kuni «Qoramiq» chegara uchastkasida Tojikiston va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Toshiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shinlarni chegaradan olib ketishga kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi