Ukraina Yevropaning eng qashshoq mamlakati hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml saytida joylashtirilgan ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi to‘g‘risidagi maqolasida aytilmoqda.
«XVJning ma’lumot berishicha, 2019 yilda, koronavirus epidemiyasiga qadar Ukrainada YAIM darajasi jon boshiga 4 ming dollardan kamroqni tashkil etgan. Bu Albaniya, Moldova va tan olinmagan Kosovo Respublikalaridan ham past. Hozirda Ukraina – Yevropaning eng qashshoq mamlakati», — deyiladi maqolada.
Putinning qayd etishicha, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan.
«Bundan 30 yil avvalgi hamkorligimizga bugun Yevroittifoq mamlakatlari hasad qilishi mumkin edi», — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina – tabiiy, bir-birini to‘ldiradigan iqtisodiy hamkorlar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Vladimir Putin rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ukrainlar va ruslarni bir xalq, deb hisoblashini, bu haqda alohida maqola yozishini aytgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidentining bu fikriga qo‘shilmagan, «Keling, hammasiga nuqta qo‘yaylik. Biz bir xalq emasligimiz aniq», degandi «Interfaks-Ukraina» agentligiga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi