14:30 / 13.07.2021
3 330

Moskvadagi ommaviy mushtlashuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilmoqda (video)


Foto: «TASS»
Moskvaning janubi-sharqida huquq-tartibot organlari xodimlari ommaviy mushtlashuvni to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati «RBK»ga xabar berdi.

«Politsiyaga ‘Kuzminki’ metro bekati yaqinida fuqarolar o‘rtasidagi ehtimoliy mojaro to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya va ‘Rosgvardiya’ xodimlari jamoat tartibi buzilishining oldini olish choralarini ko‘rdi», — deyiladi xabarda.

Bosh boshqarma xabarida ta’kidlanishicha, mojaroning bir nechta ishtirokchilari hududiy politsiya bo‘limlariga olib ketilgan.
«TASS»ning huquq-tartibot organlaridagi manbasi poytaxtning Kuzminki tumanidagi Zelenodolskaya ko‘chasida 50 dan ortiq odam ommaviy mushtlashuv uyushtirganini xabar qildi. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning salmoqli qismini qo‘shni davlatlardan tashrif buyurganlar tashkil etadi», — dedi manba.

«Interfaks» voqea haqida ma’lumotga ega  manbaga asoslanib, xabar berishicha, go‘yoki O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan mehnat muhojirlari «shaxsiy xusumat asosida» janjal chiqargan. «So‘ngra mojaroga har ikki tomonning hamyurtlari kelib qo‘shilgan, janjal keng miqyosda tus olib, yo‘lning qatnov qismiga tarqalgan. Mojaroda yuzga yaqin kishi qatnashgan», — deya qo‘shimcha qilgan manba. Ta’kidlashicha, huquq-tartibot organlari xodimlari mushtlashuvning 15 ga yaqin ishtirokchisini hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan.

«Mojaro to‘xtatildi. 20 ga yaqin eng faol ishtirokchilar hibsga olindi», — degan o‘z navbatida «Interfaks».
«Janjal paytida bir necha kishi jarohat olgan. Ulardan ayrimlarida pichoq jarohatlari va teri shikastlanishi bor. Yetib kelgan tez yordam xodimlari jabrlanganlarning bir nechtasini kasalxonaga yotqizishga qaror qilgan», — deyiladi «TASS»ning Tibbiy xizmatdagi manbasida.

Mash Telegram kanalida ommaviy mushtlashuvda 200 ga yaqin odam qatnashgani haqida xabar berilgan:«Kuzminkidagi ommaviy mushtlashuv bir necha kun oldin Podmoskveda sodir bo‘lgan mojaroga javoban uyushtirilgan bo‘lishi mumkin».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi ommaviy mushtlashuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilmoqda (video)