2 329
Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada bir qator harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Foto: press-slujbi ZVO
Avgust va sentabrda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari Afg‘oniston bilan chegarada rossiyalik hamkasblari bilan birga bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Rossiya mudofaa vazirligida ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlarda asosiy urg‘u noqonuniy qurollangan tuzilmalarga qarshi kurashga beriladi. Bundan tashqari, qo‘shinlar mintaqada vaziyatni barqarorsizlashtirishga urinishlarga qarshi kurashish elementlarini mashq qiladi.
Mashg‘ulotlar Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar qurolli kuchlarining “Tinchlik missiyasi – 2021” qo‘shma mashg‘ulotlari bilan yakunlanadi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya tomonidan mashg‘ulotlarda 15-tinchlikparvar va 55-tog‘ motoo‘qchi brigadalari kuchlari, 31-desant-shturm brigadasining aeromobil bo‘linmalari ishtirok etadi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda Rossiya qurolli kuchlarining maxsus vazifalarni bajaruvchi 2- va 24-alohida brigadalari, umumqo‘shin armiyalari maxsus rotalari bo‘linmalari qatnashadi.
Shuningdek, Rossiyaning Qirg‘iziston va Tojikistondagi bazalari aviaguruhlari hamda 201-harbiy baza tarkibiga kiruvchi S-300 mudofaa tizimlari jalb qilinadi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi ortida “Tolibon” harakatining faollashuvi kuzatilmoqda. “Tolibon” rahbariyati Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga hujum qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berayotganiga qaramay, Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qo‘shni davlatlar hududiga o‘tishi mumkinligi bilan xavf solmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi