
«Tolibon» jangarilari Afg‘oniston hukumatiga 7 ming nafar mahbusni ozod qilish va harakat yetakchilarini BMTning qora ro‘yxatidan chiqarish evaziga uch oylik sulh tuzish taklifi bilan chiqdi.
Bu haqda Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi vakili Nodir Nodiriy ToloNews telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U «Tolibon» taklifini jiddiy deb atadi va o‘tgan safar 5 ming nafar mahbus ozod qilinganidan so‘ng «vaziyat yengillashish o‘rniga yanada keskinlashgan»ini eslatib o‘tdi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi ortida «Tolibon» harakatining faollashuvi kuzatilmoqda. Harakat jangarilari mamlakatdagi qator tumanlarni o‘z nazoratiga olgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar