19:08 / 20.07.2021
6 160

Rossiyadagi yong‘inlar O‘zbekistondagi ob-havoni yanada og‘irlashtirishi mumkin


Rossiyaning Yoqutistonida oxirgi kunlarda o‘rmon yong‘inlari yana avj oldi. Avtonom respublikaning 8 tumanida o‘rmon yong‘inlar qariyib 1,5 mln gektar maydondagi yashillik dunyosini yo‘q qilib bo‘lgan.

Juda katta maydondagi yashillik biomassasining yo‘q bo‘lishi, havoga milliardlab tonna is gazi miqdorining chiqarilishiga va kelgusida ularning yutilmay qolishiga sabab bo‘ladi.

Bu kabi o‘zgarish foni Rossiya sharqida «issiqxona effekti»ni kuchaytirib, Yoqutistonda oxirgi yillarda kam shakllanayotgan sovuq Sibir antisikloni rivojlanish siklini yanada kamaytirishi mumkin, deyiladi «O‘zgidromet» ma’lumotida.

Boshqacha aytganda, aynan hozirgi yirik o‘rmon yong‘inlari keyinroq Sibirda sovuq havo oqimlari shakllanishini kamaytirib, shundoq ham O‘zbekistonga oxirgi yillarda kam kirib kelayotgan sovuq havo oqimlar soni yana kam kirib kelishida aks etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi yong‘inlar O‘zbekistondagi ob-havoni yanada og‘irlashtirishi mumkin