Olimlar COVID-19 ning bolalardagi xavfli oqibatlarini ma’lum qilishdi

Foto: «Headtopics.com»
Massachusets va Garvard tibbiyot maktablari (AQSH) olimlari bolalar va o‘spirinlar duch kelishi mumkin bo‘lgan COVID-19 ning xavfli asoratlari to‘g‘risida ogohlantirdilar. Tadqiqot tafsilotlari Healio portalida chop etilgan press-relizda keltirilgan.
Olimlar infeksiyaning uzoq davom etuvchi alomatlari orasida isitma, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, yurak yetishmovchiligi, og‘ir bosh og‘rig‘i va charchoq bor degan xulosaga kelishdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari bolalar orasida kamroq uchraydi, ammo ularni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, shifokorlarning aytishicha, COVID-19ni yuqtirgandan 2-4 hafta o‘tgach yurak-qon tomir tizimi va koronar arteriyaga zarar yetkazuvchi multitizimli yallig‘lanish sindromi (MIS-C) rivojlanish xavfi mavjud. Uning sabablarini aniqlash uchun olimlar 100 bola ishtirokida tajriba o‘tkazdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, MIS-C bilan kasallangan bemorlarda virus ichaklarda aniqlanishda davom etgan. Sababi shundaki, oshqozon-ichak yo‘lida topilgan COVID-19 zarralari qon yo‘liga tushadi. Shu bois organizm MIS-Cga xos immun javob beradi. Massachusets shifoxonasining yetakchi pulmonologi Lel Yonkerning aytishicha, qondagi MIS-C virusi zarralari giper yallig‘lanuvchi reaksiyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib bergan birinchi tadqiqotdir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Massachusets va Garvard tibbiyot maktablari (AQSH) olimlari bolalar va o‘spirinlar duch kelishi mumkin bo‘lgan COVID-19 ning xavfli asoratlari to‘g‘risida ogohlantirdilar. Tadqiqot tafsilotlari Healio portalida chop etilgan press-relizda keltirilgan.
Olimlar infeksiyaning uzoq davom etuvchi alomatlari orasida isitma, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, yurak yetishmovchiligi, og‘ir bosh og‘rig‘i va charchoq bor degan xulosaga kelishdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari bolalar orasida kamroq uchraydi, ammo ularni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, shifokorlarning aytishicha, COVID-19ni yuqtirgandan 2-4 hafta o‘tgach yurak-qon tomir tizimi va koronar arteriyaga zarar yetkazuvchi multitizimli yallig‘lanish sindromi (MIS-C) rivojlanish xavfi mavjud. Uning sabablarini aniqlash uchun olimlar 100 bola ishtirokida tajriba o‘tkazdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, MIS-C bilan kasallangan bemorlarda virus ichaklarda aniqlanishda davom etgan. Sababi shundaki, oshqozon-ichak yo‘lida topilgan COVID-19 zarralari qon yo‘liga tushadi. Shu bois organizm MIS-Cga xos immun javob beradi. Massachusets shifoxonasining yetakchi pulmonologi Lel Yonkerning aytishicha, qondagi MIS-C virusi zarralari giper yallig‘lanuvchi reaksiyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib bergan birinchi tadqiqotdir.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…