AQSHda dunyodagi eng qimmat kartoshka fri tayyorlandi — uning bir porsiyasi 200 dollar turadi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, «pazandachilik shedevri» Nyu-Yorkdagi Serendepity restoranlarining birida tayyorlangan. Uning rekord darajadagi narxi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Yegulikni tayyorlash uch bosqichda amalga oshirilgan. Avvaliga shef-oshpaz kartoshkaga qimmat shampan vinosi va maxsus sirkada ishlov bergan, shundan so‘ng ikki marta g‘oz yog‘ida turli haroratlarda qovurgan.
Taomga tryufel yog‘i quyilgan, pishloq, iste’molga yaroqli oltin qirindisi sepilgan, shuningdek, maxsus sous bilan dasturxonga tortilgan.
Ta’kidlash kerakki, bu restoranning birinchi rekordi emas. Bunga qadar ushbu ovqatlanish maskanida eng qimmat muzqaymoq (1000 dollar) va gamburger (295 dollar) tayyorlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi