21:30 / 31.07.2021
4 584

Qishloqqa ko‘chib o‘tganlarga 28 ming yevrodan berishmoqchi


Foto: «Italy4.me»
Yashash joyini o‘zgartirish va Italiyaning eng janubiy hududiga (materik qismi) ko‘chib o‘tishni istaganlar uchun Kalabriya viloyati hukumati yaxshi taklif bilan chiqdi. Bu haqda «Comments.ua» yozmoqda.

Kelib yashash xohishi bor odamlarga 28 ming yevrodan pul berishmoqchi. Albatta, o‘ziga yarasha shartlari ham bor.
Kalabriyadagi kichik qishloqlarga kelib o‘z biznesini yo‘lga qo‘yganlar yoki bu yerda taklif etilayotgan ish o‘rinlarini band qilganlarga 28 000 yevro mukofot puli beriladi. Hudud aholisi soni oxirgi yillarda kamayib ketdi, viloyat kattalari ma’lum bir rag‘batlantirishlar evaziga bo‘lsa hamki bu nuqsonni tuzatish ilinjida.

Va’da qilingan pulni qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar hududda kichik biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari yoki muayyan aholi maskanida yetishmayotgan mutaxassislik bo‘yicha ishga kirishlari shart. Qolaversa, nomzodlar Italiya fuqarosi yoki yashash huquqiga ega bo‘lishlari va eng muhim jihatlardan biri, 40 yoshdan oshmagan bo‘lishlari talab etiladi — unutmaslik kerak, viloyat bu yerga odamlarni asosan aholi sonini ko‘paytirish maqsadida jalb etyapti.

Nomzodlar ariza topshirganlaridan so‘ng 90 kun ichida Kalabriyaga ko‘chib o‘tishga shay turishlari kerak. Aholisi soni rasman 2000 nafardan kam bo‘lgan qishloqlardan birini tanlash mumkin. Hozircha bu ro‘yxatda Aietu, Chivita, Albidona, San Donato di Nine, Kachchuri, Santa Severina, Sant'Agata del Byanko, Camo, Bova kabi qishloqlar bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qishloqqa ko‘chib o‘tganlarga 28 ming yevrodan berishmoqchi