2 272
Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi
Koronavirus pandemiyasiga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi Uhan virusologiya institutidan «sizib chiqqan». Bu haqda vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi respublikachi Maykl Makkolning hisobotida aytilmoqda, deb yozadi The Hill.
Makkolning ta’kidlashicha, «rad etib bo‘lmas dalillar barcha yo‘llar Uhan virusologiya institutiga olib borishini ko‘rsatmoqda».
Hisobotda aytilishicha, Uhandagi institut olimlari amerikalik ekspertlar yordami hamda Xitoy va AQSH hukumatlarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi ostida koronaviruslarni modifikatsiya qilish ustida ish olib borgan, deb yozadi Reuters.
Xususan, mutaxassislar virusning «ta’sirchanlik darajasi»ni oshirish va samarali profilaktika choralari yo‘nalishida tajribalar o‘tkazgan.
Makkol Uhandagi laboratoriyada ishlagan olimlar va Xitoy kompartiyasi amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirgan.
Respublikachi shuningdek, amerikalik olim, JSST Xitoyga koronavirus paydo bo‘lishini o‘rganish uchun jo‘natgan xalqaro ekspertlar guruhi a’zosi Piter Daszakni sudga chaqirishni so‘ragan. The Hill nashrining yozishicha, u Uhan laboratoriyasi bilan aloqadorligi uchun tanqid qilingan.
2021 yil boshida JSST xalqaro ekspertlar guruhi Uhandagi o‘rganishlar bo‘yicha hisobotini taqdim etgandi. Mutaxassislar SARS-CoV-2 virusi paydo bo‘lishi bo‘yicha to‘rtta taxminni ilgari surgan. Ular koronavirus insonga ko‘rshapalak orqali yuqqan degan taxminni ishonchliroq deb hisoblagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?