Foto: Glamour
Dubayga dam olish uchun tashrif buyurgan sayyohlar arab ayollarining jazirama ekaniga qaramay, qora kiyinib yurganiga guvoh bo‘ladi. Buning sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida bundan yetti yil avval Dubayga ko‘chib o‘tgan, arab millatiga mansub insonga turmushga chiqqan va endilikda ushbu mamlakatdagi o‘ziga xos jihatlar bilan bo‘lishib keladigan bloger Aliya TikTok sahifasida javob bergan.
Bir necha asrlardan beri arablarda ayollar erkaklarning soyasi hisoblanib kelgan. Shuning uchun ular ko‘zga tashlanmaslik maqsadida o‘ta kamtarona kiyinishi kerak.
An’anaviy libosning qora rangi ayollar qomatini yashirishga yordam beradi. Yevropaliklarni bu shokka solishi mumkin, ammo begona erkaklarning e’tiborini o‘ziga tortish va qiziqish uyg‘otish Dubay ayollari uchun nojoiz hisoblanadi.
Sharqona an’analar bilan hammasi tushunarli bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa fakt kishini hayratga soladi: Dubaydagi yoz kunlari termometr ustuni yuqori darajani ko‘rsatadi. Ma’lumki, qora rang quyosh nurlarini o‘ziga tortadi. Bir qarashda bunday tun rangidagi qora, uzun libosda nozik jins vakillari issiqdan lohas bo‘ladigandek ko‘rinishi mumkin. Ammo aslo bunday emas.
An’anaviy ayollar libosi tana uchun yoqimli bo‘lgan va salqin effekt hosil qiladigan sifatli shoyi matosidan tikiladi va bunday kiyimda odam isib ketmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi