3 527
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan blogerning o‘limida ayblanayotgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Pixabay
Avstriyaning Kornoyburg shahri sudi chechenistonlik 48 yoshli Sarali Axtayevni chechenistonlik videobloger Mamixan Umarovni o‘ldirishda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Die Presse xabariga ko‘ra, ayblanuvchi o‘z aybini tan olmagan va qotillik boshqa shaxs tomonidan sodir etilganini da’vo qilgan. «Haqiqiy jinoyatchi g‘oyib bo‘ldi», — deydi Axtayev.
43 yoshli Mamixon Umarov YouTube’dagi «Venadan Anzor» kanalini yuritardi. U Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning ota-onasini ham tanqid, ham haqorat qilgan. Umarov 2020 yil 4 iyulda Vena yaqinidagi Gerasdorf shahrida o‘ldirilgan. Hodisa bloger taniqli qurol sotuvchisi Axtayev bilan uchrashib, o‘z mashinasini Glock 17 to‘pponchasiga almashtirmoqchi bo‘lgan paytda yuz bergan. Umarov oltita o‘q bilan o‘ldirilgan; oxirgisi boshiga teggan. Axtayev o‘sha kuniyoq hibsga olingan, uning poyabzalida Umarovning qon izlari topilgan.
«Mamixon Umarovning o‘limi uchun 5 million dollar mukofot va’da qilingandi», — dedi uning tan soqchisi 6 avgust kungi sud majlisida guvohlik berarkan.
«Qotillik kelishuv chog‘ida janjal chiqqani tufayli yuz berganmi yoki siyosiy sababdan sodir etilganmi, tergovchilar buni aniqlay olmadi», — deydi prokuror yakuniy so‘zida.
Mamixon Umarov o‘ldirilgandan so‘ng, uning qarindoshlari go‘yoki jinoyatni tan olib, videomurojaat tarqatdi. «Biz uni to‘xtatdik, chunki shunday qilishimiz kerak edi», — deyiladi murojaatda.
Ramzan Qodirov Mamixon Umarov «Rossiyaga qarshi, xususan, menga qarshi ishlayotgan maxsus xizmatlar qurboniga aylandi», — deb da’vo qildi. Kremldagilarning aytishicha, ular jinoyat bilan Checheniston rahbari o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rmagan.
2019 yil noyabr oyida Ramzan Qodirov Checheniston rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida haqorat uchun internet foydalanuvchilaridan qasos olishga chaqirgan. «G‘iybat, kelishmovchilik bilan shug‘ullanadiganlar odamlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni buzadi, agar biz ularni o‘ldirish, qamash, qo‘rqitish bilan to‘xtatmasak, hech narsa ish bermaydi», — degan Qodirov.
Keyinchalik u so‘zlarini tom ma’noda qabul qilmaslikni so‘radi. Kreml uning bayonotini tasdiqlashdan bosh tortdi. Ichki ishlar vazirligi Qodirovning so‘zlarida hech qanday qonunbuzarlik aniqlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi