Chexiya bosh vaziri Andrey Babish kitobining taqdimotida tomoshabinlardan biri unga qarata tuxum uloqtirdi. Natijada tuxum suyuqligi bosh vazirning o‘zi va uning yonida turgan bir necha odamlarga sachradi. Zo‘ravon darhol hibsga olingan. Bu haqda RIA Novosti politsiya vakili Zdenek Xalupuga asoslanib ma’lum qildi.
Bu voqea Praga chekkasidagi Prugonitse shahrida sodir bo‘ldi. U yerda Babish saylovoldi yig‘inlari haqidagi yangi kitobining taqdimotini o‘tkazayotgan edi. Olomon orasida turgan, bosh vazirning ehtimoliy siyosiy raqibi unga qarata tuxum uloqtirgan.
Politsiya yigitni hibsga olgan. Tomoshabinlarning bir qismi yigitni himoya qilib chiqqan. Harakat ishtirokchilarini boshlig‘i ham hibsga olingan. Bu vaqtda Babishning o‘zi yaqin o‘rtadagi qandolat do‘konidan boshpana topgan.
«Jamoat tartibini buzishda gumon qilinib, politsiya ikki kishini hibsga oldi, ulardan biri bosh vazirga tuxum uloqtirdi», deya ma’lum qildi Xalupa.
Shuningdek, huquq -tartibot idoralari Bosh vazir ishtirokida miting o‘tkazilgan maydonda xochlarni kim chizgan bo‘lishi mumkinligini ham tekshirmoqda.
Shu bilan birga, «Demokratiya uchun million lahzalar» jamoatchilik harakati vakili Gana Strashakova matbuotga, xochlar koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga, tosh yo‘laklarga chizilganligi, bu hukumatga qanchalik yomon bo‘lganini eslab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi