2 178
Toyota Braziliyadagi fermerlarga jo‘xori va dukkakli mahsulotlar evaziga mashina sotishni yo‘lga qo‘ydi
Foto: Toyota
Toyota’ning Braziliyadagi bo‘linmasi mahalliy aholiga yangi avtomobillarni o‘z hosiliga almashtirish imkonini beradigan Toyota Barter nomli noodatiy aksiyaga qo‘l urdi. Rasmiy dilerlar hosilni bozor narxida baholab, ularni to‘lov sifatida qabul qiladi. Brend vakillarining fikricha, bu kabi barter avtomobillardan ko‘plab mijozlar foydalana olishiga imkon yaratadi, deb xabar beradi Motor.
Toyota Barter dasturi birinchi bor 2019 yilda taqdim etilgan. O‘shanda pilot loyiha Braziliyaning faqatgina bitta shtatida amalga bo‘lgan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Braziliyadagi savdolarning 16 foizi agrobiznesdagi mijozlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli avtomobil ishlab chiqaruvchilar noodatiy servisni mamlakatning to‘qqizta shtatida joriy etishga qaror qilgan.
Braziliyalik fermerlar avtomobillar uchun to‘lovlarni o‘z yerlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘lashi mumkin. «To‘lov» sifatida dilerlar jo‘xori, soya, don yoki dukkaklarni qabul qiladi. Mijoz mashina xarid qilish vaqtida hosilni taqdim etishi kerak, diler esa uni bozor narxida baholaydi. Biroq kompaniya avtomobil sotib olish uchun qancha mahsulot topshirish kerakligiga aniqlik kiritmagan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari evaziga Hilux pikapi, Fortuner yo‘ltanlamasi va Corolla Cross krossoverini xarid qilish mumkin. Toyota ushbu noodatiy aksiyani don omborlarini boshqarish, temir yo‘l yuklarini tashish va terminal eksportlari bilan shug‘ullanuvchi mahalliy NovaAgri firmasi qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkazmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?