
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda demokratik tuzum o‘rnatmaydi, dedi harakatning yuqori martabali a’zolaridan biri Vohidulla Hoshimiy Reuters agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda demokratiya uchun asos yo‘q va bu yerda qabul qilinadigan yagona siyosiy tuzum shariat qonunlari bo‘ladi.
Hoshimiy Afg‘onistonni «Tolibon» boshqaruv kengashi boshqarishi, Haybatulla Oxundzoda oliy yetakchi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
U shuningdek, yangi milliy armiya tuzish rejasi haqida so‘z yuritib, armiya safiga hukumat qo‘shinlari harbiylari ham qo‘shilishi mumkinligini bildirdi.
TolibonAfg‘onistonDemokratik TuzumShariat QonunlariVohidulla HoshimiyMilliy Armiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar