22:20 / 23.08.2021
3 556

Afg‘onistonning sobiq vaziri Germaniyada pitssa tashuvchi bo‘lib ishga kirdi

Afg‘onistonning sobiq vaziri Germaniyada pitssa tashuvchi bo‘lib ishga kirdi
Foto: «Zakon.kz»
Afg‘oniston sobiq aloqa vaziri Germaniyada oziq-ovqat yetkazib beruvchi sifatida ishga joylashdi. Germaniyaga jo‘nab ketgan Afg‘oniston sobiq aloqa vaziri Sayid Ahmadshoh Sadaat Leypsigda o‘ziga kurerlik ishini topdi, deb xabar bermoqda Leipziger Volkszeitung.

Sobiq amaldor o‘tgan yilning oxirida Afg‘onistonni tark etgan. Uning aytishicha, puli tugagach ish qidira boshlagan. Sadaatni Lieferando mahalliy oziq-ovqat yetkazib berish xizmatiga kurer sifatida ishga qabul qilishdi. Biroq u Yevropaning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi Telekomda ishlashni orzu qilishini tan oldi.

Bir necha kun oldin «Tolibon» harakati Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni tark eta boshlagach mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Ular mamlakatning barcha yirik shaharlarini egallab olishdi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilishdi.

Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Ikki kundan so‘ng BAAda qilgan videomurojaatida qaytishga va’da berdi. O‘z navbatida, vitse-prezident Amrul Solih endi konstitutsiyaga ko‘ra davlat rahbariga aylanganini ma’lum qildi va «Tolibon»ga qurolli qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.

Hozir Afg‘onistonda quruqlikdagi barcha o‘tish joylari tolibonlar nazoratida. Chet ellik xodimlar va chet el missiyalarida ishlaydigan afg‘onlarni evakuatsiya qilish AQSH va boshqa NATO mamlakatlari harbiylari qo‘lida bo‘lgan Kobuldagi yagona aeroport orqali amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning sobiq vaziri Germaniyada pitssa tashuvchi bo‘lib ishga kirdi