10:49 / 26.08.2021
3 632

Ahmad Mas’ud toliblar bilan tinchlik o‘rnatilishi shartini ma’lum qildi

Ahmad Mas’ud toliblar bilan tinchlik o‘rnatilishi shartini ma’lum qildi
Men tinchliksevar odamman va o‘z xalqimga faqat yaxshilik tilayman”, deb aytgan Mas’ud va hattoki urushning avji pallasida ham dushmanlar bilan kelishish kerakligini qo‘shimcha qildi. “Biroq taslim bo‘lish – bu mutlaq boshqa narsa. Va yana bir bor takror aytaman: na men va na menga bo‘ysunuvchi biror qo‘mondon taslim bo‘lmoqchi emasmiz”, deb ta’kidlab o‘tgan qarshilik yetakchisi.

Faraz qiling, “Tolibon” ayollar, ozchiliklar, demokratiya, ochiq jamiyat huquqlarini hurmat qilishni boshladi. Nega endi ularga bu tamoyillar barcha afg‘onlarga, jumladan ularning o‘ziga ham foyda keltirishini aytmaslik kerak?”, deb aytgan Mas’ud.

U Panjsher “yagona qilgan xizmati barqarorlik o‘rnatish bo‘ladigan suqishtirilgan tinchlikni” qabul qilmasligini aytdi. “Inson erkinligi va huquqlari – bebaho ne’matlardir. Ularni turmadagi barqarorlikka almashib bo‘lmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Mas’ud.

Qarshilik yetakchisining ta’kidlashicha, toliblar bilan janglar endi boshlanmoqda. “Biz jangni to‘xtatmoqchi emasmiz. Bu yerda, Panjsherda, barchasi endi boshlanmoqda. Taslim bo‘lish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas”, deb aytgan Mas’ud.

U, shuningdek, toliblar Panjsher vodiysini qurshab olganini yolg‘on deb atadi. Mas’ud, shuningdek, AQSH rahbariyatini qarshilik kuchlarini qurol bilan qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun tanqid qildi. “8 kun avval men qurol so‘ragan odamlarning tarixiy xatosini yoddan chiqarmayman. Men ulardan rad javobi oldim. AQSHning bu quroli, artilleriyasi, vertolyotlari, tanklari endi toliblar qo‘lida”, deb ta’kidlab o‘tgan Mas’ud.

O‘z navbatida, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid Shamshad News telekanaliga bergan intervyusida tez orada Panjsher viloyati bilan tinchlik kelishuvi tuzilishini aytgan.

Biz Panjsherdagi odamlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Biz u yerdagi oqsoqollar, nufuzli kishilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Muzokaralar yaqin orada muammoni urushsiz hal qiladi. Men urush qilishga hojat bo‘lmasligiga 80 foiz ishonaman. Bizddagi ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada tinchlik kelishuvi tuziladi”, deb aytgan Mujohid.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ahmad Mas’ud toliblar bilan tinchlik o‘rnatilishi shartini ma’lum qildi