12:00 / 28.08.2021
2 473

Ukraina prezidenti kiberqo‘shin tuzishni buyurdi

Ukraina prezidenti kiberqo‘shin tuzishni buyurdi
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK)ning mamlakat kibermudofaasi bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. Tegishli farmon Ukraina prezidentining saytida e’lon qilindi.

«Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2021 yil 14 maydagi ‘Davlatni kibermudofaa qilish bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risida’gi qarori kuchga kiritilsin», — deyiladi farmonda.

Hujjatga muvofiq, Zelenskiy hukumatga ikki oy ichida Ukraina Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kiberqo‘shinlarni yaratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishni va ko‘rib chiqish uchun Oliy Radaga kiritishni buyurdi.

Bundan tashqari, prezident hukumatga kiberqo‘shinlarni yaratish va ularning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy, texnik va moliyaviy resurslar miqdorini hisoblab chiqishni buyurdi. Shuningdek, yangi turdagi qo‘shinlar sonini shunday aniqlash kerakki, harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi xodimlari va boshqa toifadagi shaxslarning proporsiyasi eng maqbul bo‘lishi lozim.

Mart oyida MXMK Milliy kiberxavfsizlikni muvofiqlashtirish markazi qoshidagi ishchi guruh 2021—2025 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi loyihasini ma’qullagandi. Hujjatda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va hokazolardagi rol va mas’uliyatlar belgilangan.

Bu yil Ukraina hukumati Rossiya Federal xavsizlik xizmatlarini davlat organlaridagi rasmiylariga xakerlik hujumlari uyushtirishda bir necha bor aybladi. Fevral oyida MXMK hukumat organlarining hujjat aylanmasi tizimiga kirishga urinishlar haqida xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bu hujum supply chain attack sxemasi bo‘yicha amalga oshirilgan, unda xakerlar nishondagi tashkilotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uning vositalari va xizmatlaridagi zaif tomonlar orqali kirishga harakat qiladi. MXMK voqeaga «Rossiyadan kelgan xakerlik-josuslik guruhlaridan biri» aloqadorligini aytgan.

Mart oyida Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) da’vo qilishicha, FXX nazorati ostidagi Armageddon xakerlar guruhi Ukraina hukumati oliy organlarining maxfiy ma’lumotlariga kirishga harakat qilgan. O‘shanda UXX hujumni to‘xtatishga va «Rossiya maxsus xizmatlarining davlat axborot resurslariga ruxsatsiz kirishiga imkon beradigan shart-sharoitlarni yo‘q qilishga» muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti kiberqo‘shin tuzishni buyurdi