21:00 / 06.09.2021
2 805

Garmoshka chalgan kalamush TikTok’da mashhurlikka erishdi

Garmoshka chalgan kalamush TikTok’da mashhurlikka erishdi
Kadr: TikTok
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida lab garmoshkasida musiqa chalgan kalamush mashhurlikka erishdi. Kemiruvchining Spacecaptainz deya nomlangan akkauntini niderlandiyalik juftlik yuritib keladi, deb xabar beradi Esquire.

Kalamushning laqabi Janob Bilk. U o‘z egasiga labda chalinadigan mitti garmoshka sovg‘a qilishganidan so‘ng, musiqachiga aylangan.
Kalamush egalarining so‘zlariga ko‘ra, bir safar ular garmoshkaga asal surtgan va Janob Bilkka bergan. Shunday qilib The Best Song musiqasi paydo bo‘lgan.

Kemiruvchi tomonidan ijro etilgan musiqani hozirda Spotify striming servisi orqali tinglash mumkin.

Avvaliga kalamush ijrosidagi musiqa TikTok’dagi rolikda ijro etilgan. Hozirda video 4,5 million martadan ortiq tomosha qilinib, milliondan ortiq layk to‘plagan.

Shuningdek, kalamush egalari TikTok’ga musiqaga qanday ishlov berilgani va tinglovchilarga minnatdorchilik bildirilgani tasvirlangan videoni joylagan. Shu bilan birga, platforma foydalanuvchilari Janob Bilk musiqasiga duet va remikslar yoza boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Garmoshka chalgan kalamush TikTok’da mashhurlikka erishdi