Kadr: TikTok
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida lab garmoshkasida musiqa chalgan kalamush mashhurlikka erishdi. Kemiruvchining Spacecaptainz deya nomlangan akkauntini niderlandiyalik juftlik yuritib keladi, deb xabar beradi Esquire.
Kalamushning laqabi Janob Bilk. U o‘z egasiga labda chalinadigan mitti garmoshka sovg‘a qilishganidan so‘ng, musiqachiga aylangan.
Kalamush egalarining so‘zlariga ko‘ra, bir safar ular garmoshkaga asal surtgan va Janob Bilkka bergan. Shunday qilib The Best Song musiqasi paydo bo‘lgan.
Kemiruvchi tomonidan ijro etilgan musiqani hozirda Spotify striming servisi orqali tinglash mumkin.
Avvaliga kalamush ijrosidagi musiqa TikTok’dagi rolikda ijro etilgan. Hozirda video 4,5 million martadan ortiq tomosha qilinib, milliondan ortiq layk to‘plagan.
Shuningdek, kalamush egalari TikTok’ga musiqaga qanday ishlov berilgani va tinglovchilarga minnatdorchilik bildirilgani tasvirlangan videoni joylagan. Shu bilan birga, platforma foydalanuvchilari Janob Bilk musiqasiga duet va remikslar yoza boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi