17:27 / 11.09.2021
2 306

Bayden 11 sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi

Bayden 11 sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi
AQSHdagi terakt 2001 yil, 11 sentabr
Foto: Videodan kadr

AQSH prezidenti Jo Bayden 11 sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi va Amerika xalqiga murojaat qildi. Davlat rahbarining nutqi uning Twitter’dagi sahifasida translyatsiya qilingan deb yozadi «Korrespondent.net».

«Men uchun 11 sentabr — katta saboq. Uning mohiyati shundan iboratki, eng ojiz damlarda, Amerika ruhi uchun kurashda birlik bizning eng ulkan kuchimiz bo‘ldi. Birlik hammamiz yagona narsaga ishonishimiz kerakligini anglatmaydi. Biz bir-birimizga va ushbu millatga nisbatan hurmat va ishonchda bo‘lishimiz lozim», — dedi Oq uy rahbari.

Uning ta’kidlashicha, «inson tabiatining qora kuchlari — qo‘rquv va g‘azab, nafrat va zo‘ravonlik Amerika birligiga putur yetkaza olmadi».

Xabarlarga ko‘ra, bugun 11 sentabr kuni AQSH prezidenti va birinchi xonimi teraktlardan zarar ko‘rgan uchta joyga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda: Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markaziga, Pentagonga va United Airlines 93 reysi halokatga uchragan Pensilvaniya shtatining Shanksvill shaharchasi yaqinidagi maydonga.

Nyu-Yorkda xotira marosimi an’anaviy tarzda ertalabki soat 08:46 da boshlanadi, 2001 yil aynan shu daqiqada terrorchilar tomonidan o‘g‘irlangan birinchi samolyot savdo markazining shimoliy minorasiga qulab tushgan edi. Marosim chog‘ida barcha qurbonlarning ismlari teraktlar sodir etilgan daqiqalarda tanaffus bilan o‘qib eshittiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden 11 sentabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan Amerika xalqiga murojaat qildi