AQSHda oilasi bilan yashovchi o‘zbekistonlik 15 yoshli G‘iyos Umarov bepul o‘quv materiallarining eng yirik kataloglaridan biri iTunes U da bo‘lgan xatoni topdi.
Ilova butun dunyo bo‘ylab millionlab o‘qituvchilar va talabalar orasida mashhur. Biroq, yaqin vaqtgacha dasturda kamchilik bor edi – yomon niyatli kishilar foydalanuvchilarning barcha shaxsiy ma’lumotlarini olishlari yoki o‘quv jarayoniga har tomonlama aralashishi mumkin edi.
Xatoni topgan G‘iyosjon kompaniyaga kamchiliklarni dasturlash tilida kodlarga yozib, bu xatoni tuzatish to‘g‘risida xabar yuborgan edi. Apple rahbariyati ilovaning so‘nggi yangilanishida bolaning ismini yozib, yosh o‘zbekistonlikka o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
G‘iyosning onasi g‘urur bilan, o‘g‘li hatto shtat gubernatorining shaxsiy tabriklarini ham olganini aytgan. Shu bilan birga, bola dasturlashni mustaqil o‘rgangan va hech qachon dasturlash kurslariga bormagan.
Bu G‘iyos Umarovning birinchi yutug‘i emas. O‘tgan yili smartfonga QR-kod yordamida istalgan odam kira oladigan xatoni tuzatishga yordam bergan edi. Bu haqda Amerika nashri NJ yozgan.
Hozirda G‘iyos Umarov AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Xolmdel o‘rta maktab texnolog talabalari uyushmasining a’zosi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!