13:33 / 26.09.2021
2 104

Bu Germaniya tarixida kuzatilmagan

Bu Germaniya tarixida kuzatilmagan
Foto: «AFP 2021 / Christof Stache»
Yakshanba kuni saylov uchastkalari Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ovoz berish uchun ochildi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 8:00da (Toshkent vaqti bilan 11:00) ochildi. Exit poll natijalari saylov uchastkalari soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan 21:00) yopilganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ladi.

Koronavirus pandemiyasi belgilangan tartibga tuzatishlar kiritdi — bu safar shaxsiy guvohnomadan tashqari, ovoz berishni istaganlar yonida tibbiy niqob bo‘lishi kerak.

Saylov natijalariga ko‘ra bundestagda yangi Germaniya hukumati tuziladi. Unga yangi kansler boshchilik qiladi. Ma’lumki, Angela Merkel yangi muddatga da’vo qilmayapti.

Ommaviy ijtimoiy so‘rovlar sotsial-demokratlar g‘alaba qilishini aytmoqda, lekin hech bir partiya hatto 30% ham to‘play olmaydi: bu GFR tarixida kuzatilmagan. Shu bilan birga, taxminlarga ko‘ra, bundestagda olti partiya vakili ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bu Germaniya tarixida kuzatilmagan