AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgandan so‘ng, Suriya va Iroqda ham shunday bo‘lishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Albatta, agar menda tanlov imkoniyati bo‘lsa, men ham ular Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqanidek, Suriya va Iroqni tark etishlarini istardim. Agar biz dunyoda tinch maqsadlarda xizmat qilmoqchi bo‘lsak, mamlakat qo‘shinlarining ushbu mamlakatlarda qolishining ma’nosi yo‘q. Bu davlatlar xalqlari va hukumatlari mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega», — deya takidlagan u.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘on Turkiyaning Suriyadagi qo‘shinlari borligini ushbu davlatni tiklash bilan bog‘lagan.
«Suriyada biz 100 ming uy-joy qurayapmiz. Odamlar, oilalar ko‘chirildi, ular o‘z vatanidan quvildi. Biz ular uchun uy-joy qurayapmiz. Boshqa mamlakatlar bu borada nima qilayotgani meni qiziqtiradi. Buni tushunish juda muhim», — deydi siyosatchi.
Prezident Vashington, Moskva, Bag‘dod va Anqara Suriya va Iroqda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun birgalikda harakat qilishiga umid bildirgan.
AQSH harbiylari Suriyaning eng yirik neft va gaz konlari joylashgan Deyr-az-Zor, Al-Hasaka va Raqqa provinsiyalaridagi Suriyaning shimoli va shimoli-sharqidagi hududlarni nazorat qiladi. Rasmiy Damashq bir necha bor o‘z hududida AQSH harbiylari borligini «neft o‘g‘irlash maqsadida bosib olish» va «davlat qaroqchiligi» deya atagan.
Iroqda aksilterror koalitsiya boshida AQSH harakat qiladi. Iroq parlamenti 2020 yil yanvar oyida ko‘pchilik ovoz bilan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish va koalitsiya bilan hamkorlik formatini qayta ko‘rib chiqish uchun ovoz bergan. Bu Vashington Bag‘dod aeroporti hududida o‘tkazgan operatsiya uchun javob bo‘ldi, unda Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia qo‘shinlari boshlig‘ining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis o‘ldirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi