08:30 / 28.09.2021
2 780

Ashraf G‘ani xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» hukumatini tan olishga chaqirdi(mi?)

Ashraf G‘ani xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» hukumatini tan olishga chaqirdi(mi?)
Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» hukumatini tan olishga chaqirgani haqida xabarlar tarqaldi.

«Xalqaro hamjamiyat amaldagi hukumat bilan o‘zaro hamkorlik qilishi kerak, afg‘on xalqini chetlashtirmang. Yordam bering va ularni tan oling», - deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltirilgan xabarda.

Biroq keyinchalik, siyosatchining tvitterdagi rasmiy akkauntida uning feysbukdagi sahifasi buzilgani haqidagi yozuv paydo bo‘ldi va unda joylashtirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.

5 avgustda “Tolibon” kuchlari Kobulni egallab olishdi. G‘ani iste’foga chiqdi va oilasi bilan BAAga uchib ketdi. Ommaviy axborot vositalari uning pul bilan to‘lgan vertolyotda mamlakatni tark etgani haqida xabar tarqatdi. Sobiq prezidentning o‘zi bu ma’lumotni rad etgan. “Tolibon” G‘anidan «o‘g‘irlangan mablag‘»larni qaytarishni talab qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashraf G‘ani xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» hukumatini tan olishga chaqirdi(mi?)