23:17 / 30.09.2021
3 004

Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib bo‘lmaydigan boshqa yulduzlar (foto)

Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib bo‘lmaydigan boshqa yulduzlar (foto)
Hamisha pardoz qilishni o‘z o‘rniga qo‘yadigan mashhur ayollardan kimlar kosmetikasiz tamoman boshqacha ko‘rinishiga to‘xtalib o‘tamiz.

Dita Fon Tiz

Foto: Grazia
Ditani muxlislari uni kamdan kam hollarda makiyajsiz ko‘rgan. U sayrga chiqqanida, sayohatda va tongda qahvaxonaga kirganida ham hamisha «obrazda» bo‘ladi. Uni qizil pomadasiz, ko‘zlaridagi strelka va tiniq ko‘rsatadigan tonal kremsiz tasavvur bilib bo‘lmaydi.

Kayli Jenner

Foto: Grazia
Kaylining makiyajsiz ko‘rinishi Instagram’dagi suratlaridan farq qiladi. Bo‘yanmaganida yuzlaridagi sepkillar va ko‘zlari ostidagi ko‘karishlar shundoqqina ko‘zga tashlanadi. Ammo shu bilan birga, quyuq makiyajsiz yosh va tabiiy ko‘rinadi.

Yeva Longoriya

Foto: Grazia
Yevani uzun strelkalar, yopishtirilgan kipriklar va tonal kremsiz tasavvur qilish mushkul. Aslida esa Yevaning yuz rangi ham tamoman boshqacha. Bir necha marta paparatssi ta’qibidan qochib qutula olmagan Yevaning makiyajsiz suratiga nazar tashlab, uni tamoman boshqa deb o‘ylash mumkin.

Ani Lorak

Foto: Grazia
Rus estradasi yulduzi Ani Lorak ham yuzini yaxshilab konturing qilishni va yorqin pomada surtishni yaxshi ko‘radi. Qolaversa, u ko‘zlariga alohida urg‘u berishni ham xush ko‘radi. Kosmetikasiz esa uni tanib bo‘lmaydi.

Kim Kardashyan

Foto: Grazia
Ko‘pchilik modelni makiyajsiz ham go‘zal ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Aslida esa pardozli va pardozsiz ko‘rinishi solishtirilsa, birinchisi ko‘proq o‘zining mumdan yasalgan nusxasiga o‘xshaydi.

Renata Litvinova

Foto: Grazia
Qora strelka, qizil pomada va yorqin teri rangi Renataga xos retro obraz sanaladi. Yuzidagi makiyajini yuvib tashlasha bormi, unchalik ham huriliqo bo‘lmagan oddiy ayolga aylanadi.

Ledi Gaga

Foto: Grazia
Vizajisti konturing orqali xonandani yuziga o‘ziga xos tarzda urg‘u berishni uddasidan chiqadi. Hatto burni va yonoqlari ham aslidan jozibaliroq ko‘rina boshlaydi.

Adel

Foto: Grazia
Muxlislar xonandaning makiyajsiz selfilarini tomosha qilishni yaxshi ko‘radi. Uning samimiyligi va oddiyligidan shou-biznesning boshqa vakillari ham o‘rnak olsa arziydi. Makiyaj borasida Adel strelka chizib ko‘zlarini katta ko‘rsatishni afzal biladi. Podvodka surtmaganida esa boshqa odamga aylanadi-qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib bo‘lmaydigan boshqa yulduzlar (foto)