
Foto: RIA Novosti
Finlandiya prezidenti Sauli Niiniste BMTning Girls Takeover (Qizlar hokimiyatni egallaydi) kampaniyasi doirasida 6 oktabrdagi ish kunini 16 yoshli qiz Nella Salminen bilan birga o‘tkazadi.
Girls Takeover 11 oktabrda nishonlanuvchi Xalqaro qizlar kunining bir qismi bo‘lib, uning doirasida turli davlatlarda qizlar bir kunga o‘zlarini mamlakat yetakchilari sifatida sinab ko‘rishadi. Ta’kidlanishicha, ushbu kampaniya Finlandiyada beshinchi marta o‘tkazilmoqda. Joriy yilda ushbu kampaniyaning maqsadi axborotning teng huquqlikka ta’siri mavzusini ko‘tarish bo‘ladi.
Prezident devonxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Niiniste qiz bilan birga iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dunyo yetakchilarining IMPACT onlayn-anjumanida ishtirok etadi. Ushbu anjuman Reuters axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan.
Bundan tashqari, Nella Salminen prezident bilan birga Ayollar birlashmalari markaziy ittifoqi rahbari Eva Biode, prezidentning rafiqasi Yenni Xaukio va prezident mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Ish kuni so‘ngida Salminen teng huquqlikka bag‘ishlangan nutq so‘zlashi kutilmoqda.
2020 yilda Xalqaro qizlar kuni doirasida 16 yoshli Aava Murto bir kunga Finlandiya bosh vaziri lavozimini egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar