Foto: Ruth Hamilton
Kanadalik ayol yostig‘iga kelib tushgan meteoritdan uyg‘onib ketib, qo‘rqqanidan qutqaruv xizmatini yordamga chaqirdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ta’kidlanishicha, ayol portlash ovozidan uyg‘onib ketgan va yuziga qandaydir bo‘laklar kelib tushganini sezgan. U karavotidan sakrab tushib, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. 911 operatori bilan suhbat jarayonida ayol yostiqlardan birini ko‘targan va karavotida tosh yotganini ko‘rgan. Avvaliga ayol toshni vaqti-vaqti bilan portlashlar amalga oshiriladigan qurilish maydonchasidan uchib keldi deb o‘ylagan. Ammo telefon orqali qurilish kompaniyasiga murojaat qilganida, unga portlash ishlari amalga oshirilmaganini aytishgan. Quruvchilar osmonda uchayotgan ob’ektga guvoh bo‘lishganini ham bildirgan.
Foto: Ruth Hamilton
G‘arbiy Ontario universiteti xodimlari toshning meteorit ekanini ayolga tasdiqlagan. Hozirda u ekspertizaga jo‘natilgan, biroq tadqiqotlar yakunlangach Rut Gamilton meteoritni olib ketib, xotira uchun saqlab qo‘yish niyatida.
Fizika va astronomiya kafedrasi professori Piter Barunning ta’kidlashicha, bu kabi holatlar oldin ham kuzatilgan. 2021 yilda meteoritlardan biri Indoneziyadagi uylardan biriga kelib tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi