date

300 tonna trotil quvvatidagi portlash: NASA AQSH uzra qulagan bolid tafsilotlarini ochiqladi

300 tonna trotil quvvatidagi portlash: NASA AQSH uzra qulagan bolid tafsilotlarini ochiqladi

30-may kuni AQSHning Massachusets shtati aholisi eshitgan kuchli gumburlash Yer atmosferasida yirik bolidning parchalanishi natijasi boʻlib chiqdi. NASA maʻlumotlariga koʻra, kosmik obyekt 120 ming km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanib, atmosferaning yuqori qatlamlarida taxminan 300 tonna trotil ekvivalentiga teng energiya bilan portlagan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Olovli shar Massachusetsning shimoli-sharqiy va Nyu-Gempshirning janubi-sharqiy qismi uzra 64,3 km balandlikda boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Uning parchalanishi natijasida ajralib chiqqan ulkan energiya kuchli zarba toʻlqinini hosil qilgan, bu esa yer yuzidagi odamlar tomonidan kuchli portlash yoki yer silkinishi sifatida qabul qilingan.

Agentlik mutaxassislari ushbu hodisa kosmik chiqindi yoki ishdan chiqqan sunʻiy yoʻldosh emas, balki tabiiy osmon jismi bilan bogʻliq ekanini alohida taʻkidlashdi. Atmosferaga kirish vaqtidagi ulkan bosimga dosh berolmagan meteorit havoning oʻzidayoq yoʻq boʻlib ketgan.

Avvalroq American Meteor Society ham sirli gumburlash meteor tushishi bilan bogʻliqligini xabar qilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, bunday hodisalar muntazam ravishda sodir boʻlib turadi, biroq ularning faqat sanoqligina butun bir mintaqa aholisi eshitadigan darajadagi kuchli portlash bilan kuzatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » 300 tonna trotil quvvatidagi portlash: NASA AQSH uzra qulagan bolid tafsilotlarini ochiqladi