15:43 / 14.10.2021
2 185

Putin 84 yoshigacha prezidentlikda qolish rejalari haqidagi savolga javob berdi

Putin 84 yoshigacha prezidentlikda qolish rejalari haqidagi savolga javob berdi
Foto: «TASS»
13 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan «Rossiya energetika haftaligi» forumining yalpi majlisi yakunlanganidan keyin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin CNBC telekanali boshlovchisi Xedli Gemblga intervyu berdi.

Boshlovchi davlat rahbaridan uning vorisi borasida nimani o‘ylayotgani, shuningdek, chindan ham 84 yoshigacha prezidentlik lavozimida qolishni istash-istamasligi haqida so‘radi.

«Yo‘q, men bunday savollarga javob bermaslikni afzal ko‘raman, mana shu mening an’anaviy javobim. Keyingi saylovlarga hali ancha vaqt bor. Bu mavzudagi suhbatlar vaziyatni beqarorlashtiradi. Vaziyat tinch va barqaror bo‘lishi kerak, shunda barcha hukumat organlari, barcha davlat tuzilmalari ishonch bilan ishlaydi va kelajakka xotirjam qaraydi. To‘g‘ri, konstitutsiya menga keyingi muddat uchun nomzodimni qo‘yishga ruxsat beradi, lekin hozircha bu masalada hech qanday qaror qabul qilinmagan», — deya Kreml matbuot xizmati Rossiya prezidentining so‘zlarini keltirdi.

Avval ham Putin bo‘lajak vorisi va yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishi haqidagi savollarga bir necha bor javob bergan. Xususan, iyun oyining oxirida, davlat rahbari jonli efirda prezidentlik uchun munosib nomzodni aniqlash mumkin bo‘lgan vaqt hali oldinda ekanini aytgan.

«Prezidentlikka nomzodini qo‘yadigan kishilarga tavsiyalar berish mening zimmamdagi mas’uliyat. Dunyoning barcha mamlakatlarida shunday. Bu borada birorta istisnoni bilmayman. Albatta, vaqti keladi va umid qilamanki, falonchi odam mening fikrimcha, Rossiyadek ajoyib mamlakatni boshqarishga loyiq, deya olaman», — dedi Putin.

Putin har qanday kasb egasi mamlakatni boshqarishi mumkinligini ta’kidladi, ammo huquqiy bilim va qonunlarni bilish davlat rahbari bo‘lishga yordam beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng asosiysi, prezident bo‘lishga qaror qilgan inson hayotining muhim qismini butunlay o‘z ishiga bag‘ishlashga tayyor bo‘lishi kerak.

So‘ng Putin 2000 yildan beri voris tanlash haqida o‘ylayotganini, ammo yakuniy qarorni fuqarolar qabul qilishini aytdi. «Bo‘lajak rahbar nima ishda, qanday faoliyat yuritayotgani muhim emas, u kimning qanday vakili bo‘lishi ahamiyatsiz, hal qiluvchi ovozni saylovchi beradi», — deya ta’kidladi u.

Vladimir Putin dastlab 2000 yildan 2008 yilgacha Rossiya prezidenti bo‘lgan, u 2012 yildan buyon ushbu lavozimni qayta egallab kelmoqda. 2020 yil 5 aprel kuni Putin o‘ziga yana davlat rahbarligi lavozimini egallash uchun 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 84 yoshigacha prezidentlikda qolish rejalari haqidagi savolga javob berdi