Foto: Turkiye gazetesi
«Sevgi iztirobi» yulduzi Burak O‘zchivitning «Qurilish: Usmon» serialidagi hamkasblari, uni haqorat qilganlikda ayblab politsiyaga shikoyat qildi.
Shundan keyin huquqni muhofaza qilish organlari «Qurilish: Usmon» serialining suratga olish jamoasiga murojaat qilgan. Shikoyat bo‘yicha surishtiruv boshlangan bo‘lib, unda aktyor tasvirga olish ishlari charchatadigan bo‘lgani, ammo og‘zidan haqoratli so‘z chiqmaganini ma’lum qilgan.
Foto: Turkiye gazetesi
«Iddao qilinganidek hech kimni haqorat qilmadim. Suratga olish jarayoni stressli bo‘lgani to‘g‘ri. Ammo og‘zimdan aslo so‘kinish va haqorat chiqmagan. Chiqishi ham mumkin emas. Meni yaqindan tanigan barcha bunday odam emasligimni yaxshi biladi», — degan u.
Haber Turk nashrining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 2020 yil dekabrda sodir bo‘lgan. Suratga olish jamoasining 4 nafar a’zosi Burakning ustidan shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, tasvirga olish jarayonlaridan birida chodirning ichidan chiqqan aktyor, hamkasblarining ko‘ziga tik boqib ularni haqorat qilgan.
«U maydonchani tark etdi va darhol ortga qaytib yana o‘sha haqoratlarni qayta so‘zladi. Burak O‘zchivitning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushdi va lom-lim deya olmadi», — degan operator yordamchisi.
Ma’lumot uchun, 36 yashar Burak O‘zchivit «Sevgi iztirobi»dan tashqari, «Muhtasham yuz yil», «Choliqushi» singari seriallaridagi roli bilan ham yaxshi tanish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi