date
views 3 327

Ikardi aybini kechirishi uchun rafiqasiga bor boyligini berdi

Ikardi aybini kechirishi uchun rafiqasiga bor boyligini berdi
Bir vaqtlar Mauro Ikardi hamkasbi va do‘sti Maksi Lopesning rafiqasi Vanda Narani o‘ziga og‘dirib olgandi. Buning oqibatida Lionel Messi Ikardini terma jamoaga yaqinlashtirmay qo‘ydi.

Hozir har ikki hujumchi PSJ sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, munosabatlardagi hamon sovuqlik saqlanib turibdi.

Shu bilan birga, Ikardining hayoti ham tinch emas. Maksi Lopesga vafo qilmagan Vanda Nara Mauroni ham tark etmoqchi. Turmushini saqlab qolish maqsadida Mauro Ikardi bor mulkini Vanda nomiga o‘tkazib berdi.

Argentinalik hujumchi o‘zining hozirgi mulki, shartnomalaridan tashqari kelajakda tuziladigan kelishuvlarigacha Vanda Naraga rasmiylashtirib berdi. Shafqatsiz go‘zal futbolchining bor mulkiga 2050 yilgacha egalik qiladi.

Vanda Naraning ajrim berishiga sabab qilib Ikardi unga xiyonat qilgani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikardi aybini kechirishi uchun rafiqasiga bor boyligini berdi