Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden joriy yilda Milliy xavfsizlik kengashi vakillari taklif etgan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar paketini uch marta qaytardi. Bu haqda Politico gazetasi xabar bermoqda.
Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbarining fikricha, sanksiyalar yetarli darajada keskin emas.
Bayden ma’muriyati bu borada batafsil ma’lumot berishni istamadi. Ammo nashr savollariga javob berarkan, amaldorlardan biri Bayden sanksiyalar jazolovchi tusda yoki Rossiya xalqiga zarar yetkazadigan bo‘lishi kerakligini talab qilmaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti choralar «oqilona» va Rossiya hukumatining o‘zini tutishini o‘zgartirish uchun yetarli ravishda o‘ylangan bo‘lishini istamoqda.
15 aprelda Oq uy rahbari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Vashington xususan, Amerika kompaniyalariga Rossiya markaziy banki, milliy farovonlik fondi yoki moliya vazirligi chiqargan qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishni taqiqlagan. AQSHdagi saylovlarga aralashishga aloqador deb topilgan 16 tashkilot va 16 nafar jismoniy shaxsga hamda Qrimda ishlagani uchun sakkiz fuqaro va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritilgan. Shuningdek, Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador deb hisoblangan 10 nafar diplomat chiqarib yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi