Mixail Saakashvili ochlikning 49-kunida hushidan ketdi

1 daqiqa o'qish3.6K
Mixail Saakashvili ochlikning 49-kunida hushidan ketdi
Foto: Global Look Press
Gruziya qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvili advokati bilan uchrashuv vaqtida yiqilib tushib, hushidan ketdi. Bu haqda uning himoyachilaridan biri Beka Basilayga tayanib, Meduza xabar berdi.

Basilayning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili binodan advokatlari bilan uchrashuvga chiqayotganida qoqilib, yiqilib tushgan. Yiqilgach u ko‘zini ochmagan va hech narsani sezmagan. Saakashvilini «nosilka»da olib ketishgan.

Keyinroq Saakashvilini ko‘zdan kechirish uchun taklif qilingan reanimatolog Guliko Kiliftari «Rustavi 2» telekanaliga sobiq prezident qamoqxona shifoxonasining jonlantirish bo‘limida yotqizilganini ma’lum qilgan. Kiliftarining so‘zlariga ko‘ra, uning ahvolini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lingan.

Avvalroq Saakashvilining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze Gruziya sobiq prezidentining ahvoli keskin yomonlashganini ma’lum qilgandi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, organizmdagi endokrinologik va metabolik o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan teri sarg‘ayishi avvalgi kunlarga nisbatan kuchaygan. Doktor Kipshidze yaqin kunlarda bu o‘zgarishlar tuzatib bo‘lmas holga kelishidan xavotirda edi.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Mixail Saakashvili sakkiz yildan buyon birinchi marta Gruziyaga keldi. U chegarani noqonuniy kesib o‘tganlik ayblovi bilan qo‘lga olindi. Shundan keyin Gruziyada muxolifat norozilik namoyishlari boshlandi, ular Saakashvili ozod etilishini talab qildi. Rustavi shahridagi qamoqxonada saqlanayotgan sobiq prezident oktabr boshlarida ochlik e’lon qilgandi, 11 noyabr kuni esa u ochlikni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.

Gruziya Adliya vazirligi sobiq prezidentni qamoqxona kasalxonasiga yotqizishni bir necha bor taklif qilgan, biroq Saakashvili va uning advokatlari bunga mutlaqo qarshi. Ular Gruziyaning sobiq rahbarini xususiy fuqarolik klinikasiga olib borishni talab qilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?