Foto: «RIA Novosti»
Afg‘onistonda yozda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» a’zolari mamlakatda ayollar ishtirokidagi teleseriallar ko‘rsatilishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Islomiy yo‘nalish vazirligi ma’lum qildi.
Endilikda barcha televideniye OAVlari o‘z ko‘rsatuvlari shariat qonunlari va axloq qoidalariga mos kelishini ta’minlashi zarur. Ko‘ngilochar dasturlar diniy tuyg‘ularni kamsitmasligi kerak, kadrda ishlaydigan ayollar esa boshlariga ro‘mol o‘rashlari shart.
«Ayollar ishtirokidagi teleseriallarni translyatsiya qilish taqiqlanadi. Erkaklar yoki ayollar yarim yalang‘och ko‘rinishda suratga olingan film va kliplarni ham namoyish etish taqiqlanadi», – deyiladi vazirlik bayonotida.
Bundan tashqari, vazirlik G‘arb madaniyati va turmush tarzini targ‘ib qiluvchi filmlar namoyishini taqiqlagan. Shuningdek, payg‘ambar tasvirlangan kadrlarni ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi