15:13 / 18.02.2015
7 036

Qirg‘izistonda to‘y kortejida 5 tadan ortiq avtomobil bo‘lishi avtobezorilik deb baholanadigan bo‘ldi

Qirg‘izistonda to‘y kortejida 5 tadan ortiq avtomobil bo‘lishi avtobezorilik deb baholanadigan bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev yo‘l harakati qoidalarining qo‘pol tarzda buzilishi uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Ushbu qonun bilan, Qirg‘iziston qonunchiligiga «avtobezorilik» tushunchasi kirtildi. «Avtobezorilik» haydovchi yoki transport vositasi ichidagi shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzib, jamiyatga yaqqol hurmatsizlikni ifoda etuvchi va jamoat tartibini atayin buzishga qaratilgan harakati ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu tushunchaga o‘zboshimcha poygalar tashkillashtirish, taqiqlangan joyda atayin avtomobil haydash, to‘y kortejida beshtadan ortiq avtomobilda harakatlanish kabilar kirgan.

To‘yda mehmonlar soni ko‘p bo‘lgan taqdirda, qo‘shimcha avtomobillarda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma olishga to‘g‘ri keladi. Cheklovlar ta’ziya marosimlari va davlat tadbirlariga amal qilmaydi. «Avtobezorilik» uchun 100 dollargacha jarima belgilangan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda to‘y kortejida 5 tadan ortiq avtomobil bo‘lishi avtobezorilik deb baholanadigan bo‘ldi