
Foto: Esra Hacioglu / Anadolu Agency
Turkiyada koronavirusning “omikron” shtammi bilan ilk kasallanish holatlari aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrittin Xo‘ja ma’lum qildi.
Istanbulda yangi shtamm bilan bitta, Izmir viloyatida esa beshta kasallanish holati qayd qilingan. Xo‘janing ta’kidlashicha, bemorlarda kasallik yengil shaklda o‘tayotgani sababli ularni shifoxonaga yotqizishga zarurat yo‘q.
Shu bilan birga, kasallanganlar xorijga chiqqani yoki virusga qarshi emlangani borasida ma’lumot berilmagan.
“Fuqarolarimiz ehtiyot choralariga amal qilishni davom ettirishi zarur”, deb ta’kidlab o‘tgan vazir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada oxirgi sutkada 19 mingdan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan, 191 kishi undan vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshidan beri virus bilan kasallanganlar soni 9 mln kishidan oshib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar