
Xitoyning Chunszo shahrida fermerning qochib ketgan tuyaqushlari shahar ko‘chalari va maydonlari bo‘ylab «poyga uyushtirdi». Bu haqda SGTN xabar berdi.
Qushlar mahalliy tuyaqushchilik fermasiga qarashli bo‘lgan. Darvoza ochilib qolgani sababli 80 dan ziyod tuyaqushlar ko‘chaga qochib chiqqan.
Politsiya yordamida aksariyat qushlar fermaga qaytarilgan. Hodisa payti talafotlar bo‘lmagani aytilmoqda.
Tuyaqushlar asosan sabzavotlar bilan oziqlanadi va vazni 100 kilogrammdan oshadi. Mahalliy fermada 300 dan ortiq tuyaqush boqilayotgan bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar