Gollivud yulduzi va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger avariyaga uchradi

Gollivud yulduzi va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger avariyaga uchradi
Foto: TMZ
Gollivud yulduzi va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger Kaliforniyada jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Aktyor boshqaruvidagi «Yukon» (yo‘ltanlamas) to‘qnashuv oqibatida «Prius» (suratdagi qizil mashina)ning old kapoti ustiga ustiga chiqib ketgan. «Prius»ning haydovchisi — ayol kishi jiddiy jarohat olgani va shifoxonaga jo‘natilgani aytilmoqda.

To‘qnashuv anchayin jiddiy bo‘lganini «terminator»ning baquvvat mashinasi pachoqlanganidan ham bilish mumkin. Aktyorning o‘zi tibbiy yordam olishni istamagan.
Gollivud yulduzi va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger avariyaga uchradi
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Shvarsenegger qizil chiroqda o‘tib ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar