date
views 1 297

Qozog‘iston MXQ sobiq rahbarlari qamoqqa olindi

Qozog‘iston MXQ sobiq rahbarlari qamoqqa olindi
Foto: «Trend.az»
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov hamda uning sobiq o‘rinbosari Anvar Sadikulovga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi.

Ular davlatga xoinlik va hukumatni kuch ishlatib egallashga urinishda ayblanyapti. Bundan tashqari, xizmat vakolatlarini suiistemol qilish ayblovi ham qo‘yilgan, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Masimov va Sadikulov 8 yanvarda qo‘lga olingandi, ularga nisbatan sudning qamoq chorasi endi rasman e’lon qilindi.

MXQning rahbarlaridan biri Davlet Yergojin ham tergovga tortilgani aytilmoqda.

Yuqori mansabli shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish maxfiy tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston MXQ sobiq rahbarlari qamoqqa olindi