11:06 / 04.02.2022
1 933

Maryam Tillayeva to‘yidan 10 oy o‘tib turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran bilan ajrashdi

Maryam Tillayeva to‘yidan 10 oy o‘tib turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran bilan ajrashdi
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan ajrashdi. Bu haqda Amiran Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @amiran495
«Biz Masha bilan ajrashdik, afsuski, shunaqasi ham bo‘ladi. Senga hayotimda bo‘lganing uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sen yorqin, aqlli va shijoatlisan. Har doim shunday bo‘lib qolishingni tilayman. Hech qachon g‘am chekma! Aminmanki, hayotingdagi eng yaxshi kunlar hali oldinda, o‘z baxtingni topasan. Senga hammasi uchun rahmat!», — deb yozdi Amiran Sardarov.

Maryam Tillayeva noyabr oyida turmush o‘rtog‘i Amiranning ortidan Rossiyaga ko‘chib kelgan edi.

Maryam nashrlardan biriga bergan intervyusida «Amiran Rossiyaga kelganlaridan keyin butunlay o‘zgargani hamda uning hafsalasini pir qilgani»ni aytib o‘tgan.

Amiran va Maryamning to‘yi 2021 yilning 13 aprelida AQSHning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan edi. Nikoh marosimida juftlikning do‘stlari ishtirok etgan.

Keyinroq Amiran Sardarov 5 avgust kuni rafiqasi Maryam Tillayevaning ichki kiyimsiz tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joylagan, ushbu surat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘lgan edi. Maryamning onasi Lola Karimova ushbu surat haqida gapirar ekan, «qizining ongli hayoti chet elda o‘tgani»ni bildirgan edi.

Amiran Sardarov YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida Maryamga pul uchun uylangani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

«Men ham, Masha ham (Maryam) uning ota-onasi bilan gaplashmaymiz, aloqamiz yo‘q. Men uning hayotida paydo bo‘lishim bilan ular biz bilan gaplashmay qo‘ydi. Bu sizlarga aytishim mumkin bo‘lgan hamma ma’lumot», — degan edi Amiran.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maryam Tillayeva to‘yidan 10 oy o‘tib turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran bilan ajrashdi